Sohangiz:Barcha sohalarMoy almashtirishAvtomoykaAvtoservis (STO)
Moyxona · Avtomoyka · Avtoservis

Servisda bo'lmasangiz ham — har bir chek telefoningizda.

Usta Telegramga yozadi yoki gapiradi — chek, ombor va mijozlar bazasi o'zi to'ldiriladi. Kechqurun tushum telefoningizda.

Kompyuter shart emas · Sozlashni o'zimiz qilamiz · Oldindan to'lov yo'q
Bulung'urdagi O'ktam akaning servisida har kuni ishlamoqda
Ichki hisob — soliqqa ulanmagan
Servis Hisobi5 a'zo · Servisbek
Qahramon usta
0:05
Chek #128414:32
MashinaCobalt · 01 A 123 BC
Probeg45 000 km
Shell 5W-30 · 3,5 L332 500
Moy filtri55 000
Xizmat haqi32 500
Jami · Click420 000 so'm
Ombordan yechildi: 3,5 L Keyingi moy: 52 000 km
Mijozga chekBekor qilish
Servisbek
Shell 5W-30 bochkasida 18 L qoldi. Dilerga buyurtma tayyorlaymi?
Tanish holatmi?

Pul qayerga ketayotganini bilish qiyin

"Daftarga yozgandim..."

Usta qo'li moy, daftar yog' bosgan. Oy oxirida litrlar ham, kassa ham bir-biriga to'g'ri kelmaydi.

"Aka, ertaga beraman"

Tanish-bilish haydovchilar qarzga ketadi. So'rashga xijolat bo'lasiz, yozuv esa vaqt o'tib unutiladi.

"U boshqa servisga ketdi"

Mijoz keyingi moy vaqtini unutadi, servis eslatmaydi — u yo'l ustidagi birinchi moyxonaga kiradi.

3 qadam

Servisbek qanday ishlaydi

Yangi dastur o'rganish yo'q. Ustalaringiz har kuni ishlatadigan Telegramning o'zida.

Usta yozadi yoki gapiradi

Xizmat tugagach, guruhga 4 qator yoki 5 soniyalik ovozli xabar yuboriladi.

Cobalt 01 A 123 BC Probeg 45 ming Shell 5W-30 3.5 litr, moy filtr 420000 Click

Chek guruhga tushadi

Servisbek chekni tuzadi, moy va filtrlarni ombordan yechadi, to'lov turini qayd etadi: naqd, Click, Payme, Uzum yoki nasiya.

Ovoz noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — usta 1 bosishda tuzatadi.

Siz telefoningizda ko'rasiz

Har bir chek real vaqtda guruhingizda. Kechqurun bitta xabarda: tushum, sof foyda, kassadagi naqd pul va sarflangan litrlar.

Boshqaruv Paneli

Bitta ekranda butun servis: kim ishlayapti, qancha pul tushdi, qaysi mashina kechikmoqda

Qo'lda yozish shart emas — usta 4 soniya ovoz yuborishi yoki mashinani rasmga olishi bilan barcha buyurtmalar shu yerda avtomatik jamlanadi.

Bugun, 26-oktabr Jonli rejim
⚡ Ovozli AI: Usta guruhga 4 soniya ovoz tashladi ("Malibu 2, polirovka, 700 ming"). Tizim 1 soniyada buyurtmani ochdi!
Kelgan pul (Bugun)
2 340 000 so'm
4 ta xizmat to'landi
Qarzdorlik (Nasiya)
410 000 so'm
1 ta nasiya (Kia K5)
Hozir ishda / navbatda
3 ta mashina
1 ta kechikmoqda (Dilshod)
01 A 777 AA
Ovozli AI
Chevrolet Malibu 2
Polirovka va Keramika qoplama · Usta: Qahramon (Boks #2)
Topshirish vaqti
18:00
● Jarayonda
700 000 so'm
Naqd to'langan
30 B 456 CD
Foto-ANPR
Chevrolet Tracker
Kuzov va salon yuvish, quritish · Moykachi: Dilshod
Topshirish vaqti
13:15 ! +15 daq
● Kechikmoqda
80 000 so'm
Click kutilmoqda
10 C 120 EA
Ovozli AI
Chevrolet Cobalt
Shell Helix Ultra 5W-30 (3.5L) + filtr · Usta: Jasur
Topshirildi
12:00
✓ Topshirildi
380 000 so'm
Click orqali to'langan
01 K 315 BA
Foto-ANPR
Kia K5
To'liq kimyoviy tozalash va ozonlash · Usta: Sardor (Boks #1)
Topshirish vaqti
19:30
● Yangi navbat
1 500 000 so'm
Nasiya: 410 000 so'm
USTUNLIK

Qo'lda kiritish o'tmishda qoldi: Raqib tizimlarda (Yong'oq, 1C) har bir harfni klaviaturada terish kerak. Servisbek'da usta guruhga 4 soniyalik ovoz tashlaydi yoki mashinani rasmga oladi — tizim avtomatik raqamni aniqlaydi, buyurtma ochadi va ombordan moyni yechadi!

Imkoniyatlar

Servis egasi uchun to'liq nazorat

Ovozli kassa

Qo'li band usta telefoniga gapiradi — chek tayyor. O'zbekcha, ruscha va aralash nutq.

Telefondagi kassa

Telegram ichida ochiladigan ilova: katta tugmalar, mashina, moy va to'lov turini tanlash.

Ombor nazorati

Har bir quyilgan litr bochkadan o'zi yechiladi. Moy kam qolsa, tizim ogohlantiradi.

Nasiya daftari

Barcha qarzdorlar bir ro'yxatda. "Eslatish" tugmasi mijozga yuborish uchun muloyim xat tayyorlaydi.

Kechki xulosa

Har kuni kechqurun: nechta mashina, qancha tushum, sof foyda va kassirda qancha naqd bo'lishi kerak.

Avto-pasport va eslatma

Mijozga raqamli chek va mashina tarixi. Keyingi moy vaqti kelganlar ro'yxati tayyor.

Excel hisobot

Sotuvlar, ombor, diler buyurtmasi va mijozlar — 1 bosishda tayyor Excel fayl.

Rahbar kodi

Sof foyda, diler narxlari va qarzlar faqat Sizning shaxsiy kodingiz bilan ochiladi.

Sohalar

Sizning biznesingizga moslashadi

O'zingiz hisoblang

Hisobsiz qolgan pul qancha bo'lishi mumkin?

Unutilgan nasiya, yozilmagan litrlar, daftardagi xatolar. O'z raqamlaringizni kiriting.

Oylik aylanma
—
Oyiga hisobsiz qolishi mumkin bo'lgan summa
—
Taqqoslash uchun: Standart tarif oyiga 490 000 so'm. Hisob faqat Siz kiritgan raqamlarga asoslangan — bu kafolat emas, o'ylab ko'rish uchun.
Taqqoslash

Daftar, og'ir mobil ilovalar, oddiy botlar va Servisbek

Avtoservis va moyxona muhitida har bir yondashuvning real imkoniyatlarini solishtiring.

Mezon / Imkoniyat Qog'oz daftar Og'ir CRM mobil ilovalar Servisbek (AI Kassa)
Oylik xarajat 0 so'm 500 000 – 1 800 000 so'm (40–150$ obuna) 190 000 so'm kuniga ~6 300 so'm
Chek chiqarish tezligi 2–3 daqiqa (qo'lda yozish) 3–5 daqiqa (10+ ta maydon to'ldirish) ⚡ 4 soniya (Ovozli AI orqali)
Moyli qo'llar bilan ishlash Daftar va qalam kir bo'ladi Ekranga uzoq yozish noqulay 🎤 Ekranga tegmasdan ovozda gapirish
Davlat raqamini aniqlash Qo'lda yoziladi Faqat klaviaturada terish 📷 Kamerada 1 soniyada (OCR)
O'zbekiston avtoparkiga moslik Ustaning xotirasida (adashish xavfi) Yo'q (chet el kataloglari) ✅ Cobalt, Gentra, BYD moy sig'imi tavsiyasi
Mijozga moy pasporti Yo'q (yo'qoladi, unutiladi) Qimmat SMS (har biri alohida pullik) 📄 QR-kodli Elektron Moy Pasporti
O'rganish muddati Darhol 1–2 hafta murakkab trening 0 daqiqa (Telegramda ovoz yuboradi)
Chuqurlikda (yama) internet uzilsa Daftar ishlayveradi Qotib qoladi (Xatolik beradi) 📶 Mahalliy xotirada uzluksiz ishlaydi
Jonli tajriba va natijalar AvtoPro Bulung'ur ustaxonasi logosi

Servisbek Bulung'urdagi O'ktam akaning "AvtoPro" ustaxonasida har kuni ishlamoqda

Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani: tizim haqiqiy ustalar bilan, moyli qo'llar va shovqinli ustaxonada har kuni sinovdan o'tgan. Natijalar va yangiliklarni ochiq ko'rsatib boramiz.

Kassadagi cheklar
1 000+ chek
Tejalgan vaqt
Kuniga 2–3 soat
Ombor hisobi
0 kamomad
"Usta mashina oldida turib 5 soniya ovoz yuboradi — chek guruhga tushadi, moy esa skladimdan o'zi yechiladi. Kechqurun kassa daftarsiz to'g'ri chiqadi."
— O'ktam Adxamov, "AvtoPro" ustaxonasi asoschisi (Bulung'ur)
14 kun bepul sinash 60 soniyalik jonli demo
Bulung'urdagi O'ktam akaning AvtoPro avtoservisi — Cobalt va usta telefon bilan
Tariflar

Biznesingiz ko'lamiga mos tarifni tanlang

Barcha tariflarda Ovozli AI va Foto-ANPR to'liq ochiq. Farq faqat filiallar va boks sonida. 14 kun bepul sinab ko'ring.

1 ta filial (1–3 boks)

Yakka Servis (Mini)

1 ta moyxona yoki avtoservis uchun. Barcha AI imkoniyatlari to'liq ochiq.

190 000 so'm/oy
kuniga ~6 300 so'm
  • Barcha imkoniyatlar 100% ochiq
  • 4 soniyalik Ovozli kassa (AI)
  • Foto-ANPR (Kamerada raqam aniqlash)
  • Telegram kassa va ombor nazorati
  • Nasiya daftari va avto-eslatma
  • Kechki xulosa hisoboti va Rahbar kodi
  • 1 ta filial, 1–3 ta boks yoki usta
Mini bilan boshlash
2–3 ta filial (4–8 boks)

Tarmoq (Standart)

2–3 ta shoxobchasi bor faol servislar va avtomoykalar uchun.

490 000 so'm/oy
kuniga ~16 300 so'm
  • Mini'dagi barcha imkoniyatlar
  • 2–3 ta filial bitta rahbar kabinetida
  • Ustalarning shaxsiy ulushini hisoblash (KPI)
  • Filiallararo solishtirma hisobot
  • Dilerlar bilan umumiy ombor balansi
  • Web boshqaruv paneli va Excel eksport
  • Ustuvor sozlab berish va o'rgatish
14 kun bepul sinash
4–6 ta filial (10+ boks)

Avtokompleks (Pro)

Katta avtoservislar, ko'p tarmoqli moyka va detailing majmualar.

890 000 so'm/oy
kuniga ~29 600 so'm
  • Standart'dagi barcha imkoniyatlar
  • 4–6 ta filial (servis, moyka, detailing birga)
  • Kassa, menejer va buxgalter alohida rollari
  • Avtomatik boks kameralari (RTSP) integratsiyasi
  • 1C / dilerlik kataloglari va maxsus API
  • Shaxsiy menejer va 24/7 VIP qo'llab-quvvatlash
Pro'ni sinash
7+ filial

Franshiza

Katta respublika tarmoqlari, dilerlik markazlari va franshizalar.

Kelishuv
  • Pro'dagi barcha imkoniyatlar
  • Shaxsiy ajratilgan server (Dedicated)
  • Maxsus korporativ arxitektura va 1C
  • Xodimlarga joyiga borib trening
Bog'lanish
Karta ma'lumotlari so'ralmaydi
14 kun to'liq bepul sinov (birinchi chekdan boshlab)
Kompyuter shart emas — 100% Telegramda
Sinov tugasa ham ma'lumotlaringiz o'chmaydi
Savol-javob

Servis egalari ko'p so'raydigan savollar

Kompyuter, planshet yoki kassa apparati sotib olish kerakmi?

Yo'q. Siz va ustalaringiz cho'ntagingizdagi oddiy smartfondan (iPhone yoki Android) Telegram orqali ishlaysiz. Xohlasangiz, boshqaruv panelini ofis kompyuteringizda ham ochishingiz mumkin.

Moliyaviy ma'lumotlarimiz qayerda saqlanadi?

Tushum, foyda, qarzlar va mijozlar bazasi faqat Sizning servisingizning alohida bazasida saqlanadi. Ovozli xabarlar chekka aylantirish uchun xavfsiz tarzda qayta ishlanadi. Internet uzilib qolsa, xabarlar navbatda turadi va aloqa tiklanganda bazaga to'g'ri yoziladi.

Ustalar ruscha yoki shevada gapirsa, ovozli kassa tushunadimi?

Tizim o'zbekcha, ruscha va aralash nutqni, servis so'zlarini (moy, kolodka, razval, svecha, filtr) tushunadi. Shovqinli ustaxonada biror raqam noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — usta tuzatib, keyin tasdiqlaydi.

Usta xato qilsa yoki tizim adashsa-chi?
  1. Faqat Sizning omboringiz: chekka faqat ombordagi real moy va filtrlar tushadi, notanish tovar kiritilmaydi.
  2. Oddiy gaplar chek emas: "Oshga boramizmi?" kabi suhbatlardan chek chiqmaydi.
  3. Qoralama: ovozli chek tasdiqlashdan oldin ekranda tekshiriladi.
  4. 1 bosishda bekor qilish: xato chek bekor qilinsa, litrlar bochkaga qaytadi, kassa qayta hisoblanadi.
  5. Rahbar kodi: foyda va diler narxlarini faqat Siz ko'rasiz. Kodni birinchi sozlashda o'zingiz belgilaysiz.
Kim sozlaydi va ustalarni o'rgatadi?

Hammasini o'zimiz sozlab beramiz: Telegram guruhingizni ulaymiz, ustalar va ularning ulushini, sklad qoldig'i va narxlaringizni kiritamiz, daftardagi ochiq nasiyalarni tizimga o'tkazamiz. Birinchi kuni ustalarga ko'rsatamiz. Keyin Telegramda yordam va yangilanishlar tarif ichida. Usta uchun yangi narsa — mashina rasmi va ovoz yuborish, xolos.

Bepul sinov qanday o'tadi?

14 kun — birinchi haqiqiy chekdan boshlab — tizim to'liq ishlaydi. Birinchi kuni va 14-kuni skladni birga sanaymiz: kamomad bor-yo'qligini o'zingiz ko'rasiz. Yoqsa — tarifni tanlaysiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz, ma'lumotlaringizni Excel faylda olib qolasiz.

Bu soliq kassasimi? Ma'lumotlarimiz kimga boradi?

Yo'q. Servisbek — servisingizning ichki boshqaruv hisobi. U soliq yoki boshqa davlat tizimlariga ulanmagan va soliq kassasining o'rnini bosmaydi. Ma'lumotlar Sizniki: istalgan vaqtda Excel'ga yuklab olasiz, so'rovingiz bilan o'chiriladi. Biz ularni sotmaymiz va boshqa maqsadda ishlatmaymiz. Har bir servisning bazasi alohida — boshqa servislar Sizning ma'lumotingizni ko'rmaydi.

14 kun bepul sinab ko'ring

Formani to'ldiring — Telegram orqali bog'lanamiz, servisingizga mos sozlab beramiz va ustalaringizga ko'rsatamiz.

Ma'lumotlaringiz faqat Siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.